Главная » O'zbekistonda yakka tartibdagi tadbirkor

O'zbekistonda yakka tartibdagi tadbirkor

O‘zbekistonda yakka tartibdagi tadbirkor (YaTT) bo‘lish mumkin — bu maqomni ham rezidentlar, ham xorijiy fuqarolar olishi mumkin, bu esa biznesni boshlash uchun keng imkoniyatlar yaratadi. Norezidentlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish mahalliy fuqarolar uchun belgilangan shartlar bilan bir xil asosda amalga oshiriladi. 

YTT (YAKKA TARTIBDAGI TADBIRKORLARNING) XUSUSIYATLARI:

mark_10099777 Jismoniy shaxs tomonidan yuridik shaxs tashkil etmasdan tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirilish;
mark_10099777 
Yillik aylanma 5,28 mlrd so‘mgacha bo‘lganda — aylanmadan olinadigan soliq stavkasi — 1%;
mark_10099777 Hisobot topshirish talablari minimal darajada;
mark_10099777 
Maxsus belgilangan faoliyat turlari ro‘yxatiga kiritilgan tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish; 
mark_10099777 
Ro‘yxatdan o‘tish uchun vakolatli ro‘yxatga olish organida (Yagona davlat xizmatlari markazi) shaxsan
kelish yoki texnik imkoniyat mavjud bo‘lsa, onlayn tarzda xususan raqamli platformalar (masofaviy biometrik tasdiqlash orqali) murojaat qilish talab etiladi;
mark_10099777 Agar Yakka tartibdagi tadbirkor (YaTT) asosiy
faoliyatiga nisbatan yordamchi turdagi faoliyat bilan shug‘ullansa, qat’iy belgilangan soliq bir turdagi faoliyat uchun to‘langan soliq sifatida hisoblanadi;
mark_10099777 YaTT tashqi iqtisodiy faoliyat turi bilan shug‘ullanish huquqiga ega;
mark_10099777 
Manzil sifatida o‘ziga tegishli (rezidentlar uchun) yoki ijaraga olingan ko‘chmas mulk manzilidan (rezidentlar va chet elliklar uchun) foydalanish imkoniyati;
mark_10099777 
Raqamli platformalar (to‘lov xizmatlari) orqali ishlash imkoniyati:

      - platformada elektron hamyon ochish mumkin va u tadbirkorlik uchun bank hisob raqamiga (pul qabul qilish, soliqlarni to‘lash, kontragentlar - bilan hisob-kitob qilish va h.k.) tenglashtiriladi.

      - agar sizda bunday elektron hamyon mavjud bo‘lsa, bank hisob raqamini ochish shart emas (ixtiyoriy).


XORIJIY FUQAROLAR TOMONIDAN YATTNI RO’YXATDAN O’TKAZISHDA TALAB QILINADIGAN MA’LUMOT VA HUJJATLAR: 

YaTT nomidan bank hisob raqamlarini ochish faqat tadbirkorning shaxsiy ishtirokida amalga oshirilgani sababli, ro‘yxatdan o‘tishni O‘zbekistonga tashrif buyurgan vaqtida o‘tkazish tavsiya etiladi.

Xizmat quyidagilarni o‘z ichiga oladi:

1. JSHSHIR uchun ariza topshirish va uni olishda hamrohlik qilish (1–2 ish kuni);
2. ERI olish uchun ariza topshirish va uni olish (1 ish kuni);

3. Ariza to‘ldirish maqsadida DXMga tashrif buyurish, YaTTni ro‘yxatdan o‘tkazish arizasini topshirish va ro‘yxatdan o‘tganlik to‘g‘risidagi guvohnomani olish (1 ish kuni);
4. Muhr eskizini tayyorlash, dumaloq muhr tayyorlash (1 ish kuni);
5. Bankda YaTT hisob raqamlarini ochish, plastik kartalar va internet-banking tizimini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha hamrohlik (2 ish kuni, bankka bog‘liq holda);
6. Soliqlar, hisobot va soliq to‘lovini masofadan turib to’lovni amalga oshirishni mobil ilova orqali boshqarish bo‘yicha maslahatlar.

Shaxsda bo‘lishi kerak bo‘lgan hujjatlar:

- xorijiy pasport va viza (viza rejimi mavjud davlat fuqarolari uchun);
- vaqtinchalik ro‘yxatdan o‘tish guvohnomasi;

- Yakka tartibdagi tadbirkor nomiga rasmiylashtirilgan o‘zbek telefon raqami;
- 3x4 o‘lchamdagi oq fonda elektron ko’rinishdagi fotosurat;
- faoliyat yuritish manzili (faqat ijaraga olingan ko‘chmas mulk manzilidan foydalanish mumkin);
- joylarda davlat boji to‘lovlarini to’lash uchun naqd pul.
 
 

2-40.png Narxi: shartnoma asosida                                    40_1.png Bajarish muddati: 5 ish kuni

Позвоните нам