Главная » Vakolatxonalarni akkreditatsiyasi

Vakolatxonalarni akkreditatsiyasi

Xorijiy tijorat tashkilotlari vakolatxonalarini akkreditatsiya qilish va O‘zbekiston hududida faoliyat yuritish uchun ruxsatnomalar berish hozirgi paytda Davlat xizmatlari markazlari hamda O‘zbekiston Respublikasi.

Xorijiy kompaniyalarni O‘zbekiston Respublikasi hududida akkreditatsiya qilish O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining  07.02.2024 yildagi O'zbekiston Respublikasi hududida xorijiy tijorat tashkilotlarining vakolatxonalarini akkreditatsiya qilish va ularning faoliyat yuritish tartibi to’g’risidagi nizomni tasdiqlash haqidagi  76-sonli   Qarori bilan tartibga solinadi.

Akkreditatsiyadan o‘tgan vakolatxona yuridik shaxs hisoblanmaydi va xo‘jalik yoki tijorat faoliyatini amalga oshirmaydi. Xorijiy tijorat tashkilotlari o‘z manfaatlarini ifodalash va himoya qilish maqsadida O‘zbekiston hududida o'z vakolatxonalari ochadi.

Akkreditatsiya uchun hujjatlarni taqdim etish muddati ular berilgan yoki rasmiylashtirilgan kundan boshlab 6 oydan oshmasligi kerak.

Vakolatxona soliqlari:

  • xodimlarga ish haqi to‘lashda jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig'i  - 12%;
  • ijtimoiy soliq - 12%;
  • mol-mulk solig‘i (O‘zbekiston Respublikasi hududida joylashgan va foydalanilayotgan ko‘chmas mulkka nisbatan);
  • bojxona bojlari/yig‘imlari, aksiz solig'i, QQS (Tovar-moddiy boyliklar va avtomobillarni O‘zbekiston Respublikasiga olib kirilgan hollarda).
O‘zbekistonda Vakolatxonalarni akkreditatsiya qilish uchun zarur hujjatlar ro‘yxati  ( word  ingliz tilida yuklab olish mumkin).
 

Xizmat ko’rsatish quyidagilarni o’z ichiga oladi:

1. maslahat berish, bosh ofis tomonidan taqdim etilishi lozim bo‘lgan hujjatlar to‘plamini to‘ldirish uchun namunalar taqdim etish;
2.
zarurat tug‘ilganda Vakolatxona Nizomini notarial tasdiqlash uchun notariusga borishda hamrohlik qilish;
3.
hujjatlarni Vazirlikka topshirish va mijozlarga qabul qilinganligi to‘g‘risidagi belgi qo‘yilgan ariza nusxasini yuborish;
4.
48 baravar BHM miqdoridagi davlat bojini to’lash uchun invoys -  hisob-fakturasini olish, bu 1 yillik akkreditatsiya uchun 21 120 000 so‘mni tashkil etadi;
5. akkreditatsiya sertifikatini olish;
6. 
Vakolatxona dumaloq muhrining dastlabki eskizini tayyorlash va mijoz tomonidan tasdiqlash uchun taqdim etish;
7.
Vakolatxona STIRini olish (faqat Vakolatxona rahbarining JSHSHIR mavjud bo‘lganda mumkin);
8.
Vakolatxonaning tasdiqlangan eskiz asosidagi dumaloq muhrini tayyorlash;  
9. 
Bank uchun kerakli hujjatlar to‘plamini tayyorlash; 
10. 
Vakolatxona Rahbari tomonidan keyingi bajariladigan ishlar yuzasidan maslahatlar berish
.  


Xorijiy yuridik shaxs vakolatxonasi akkreditatsiya muddatini uzaytirish.

Shuni e’tiborga olish kerakki, vakolatxona akkreditatsiyasi muddatini uzaytirish uchun hujjatlar akkreditatsiya muddati tugashidan kamida 1 oy oldin topshirilishi lozim. Ushbu muddat buzilgan taqdirda — akkreditatsiya muddati tugagach, Vakolatxona o’z faoliyatini tugatgan deb hisoblanadi.
 

VAKOLATXONALAR UCHUN XIZMATLAR :


Xizmat turi
 
Narxi Muddatlar

Xorijiy tijorat kompaniyalarining vakolatxonalarini akkreditatsiya qilishda yordam 

9 000 000 so'mdan boshlab
(bizning xizmatlarimiz) 

+ 21 120 000 so'm (1 yillik akkreditatsiya uchun to'lov,
mijoz tomonidan ish jarayonida mustaqil
ravishda to'lanadi)

Hujjatlar Vazirlikka
taqdim etilgan kundan boshlab 8 ish kuni 

Vakolatxona xodimlarining individual akkreditatsiyasi 

9 000 000 so'mdan boshlab
(bizning xizmatlarimiz) 

5 ish kuni

Chet el yuridik shaxsining vakolatxonasini
akkreditatsiya qilish muddatini uzaytirishа 

5 000 000 so'mdan boshlab
(bizning xizmatlarimiz) 
 
+ 21 120 000 сум (1 yillik akkreditatsiya uchun to'lov,
mijoz tomonidan ish jarayonida mustaqil
ravishda to'lanadi)

8 ish kuni

O'zbekistondagi xorijiy kompaniya vakolatxonasi uchun
buxgalteriya xizmatlari
 

5 000 000 so'mdan (oylik)

 

  Аккредитация Представительств в Узбекистане, Аккредитация Представительства в Ташкенте, регистрация представительств ташкент, регистрация представительств узбекистан, аккредитация представительст в ташкенте, открытие представительства в ташкенте, открытие представительства в узбекистане, открытие представительства ташкент, открытие представительства узбекистан, открытие филиала ташкент, открытие филиала узбекистан, ведение бухучета представительств ташкент, открытие филиалов в ташкенте, открытие филиалов в узбекистане 

Позвоните нам