|
Главная » Xorijiy mutaxassislarning mehnat faoliyati bilan shug'ullanish uchun litsenziyasi (ruxsatnomasi)
Xorijiy mutaxassislarning mehnat faoliyati bilan shug'ullanish uchun litsenziyasi (ruxsatnomasi)O‘zbekiston hududida mehnat faoliyatini amalga oshirish huquqi bo‘yicha xorijiy mutaxassislar uchun ruxsatnoma (litsenziya)ni olish/uzaytirish jarayoni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 22-fevraldagi 86-sonli “Maxsus elektron tizim orqali ruxsat etish xususiyatiga ega ayrim hujjatlarni berish tartib-taomillari to‘g‘risidagi yagona nizomni tasdiqlash haqida”gi qarori hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 7-noyabrdagi PQ-4008-sonli “O‘zbekiston Respublikasi hududida xorijiy davlatlarning malakali mutaxassislari tomonidan mehnat faoliyatini amalga oshirishi uchun qulay shart-sharoitlar yaratish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori bilan tartibga solinadi. Davlat bojlari quyidagilardan iborat:
* Yuqori malakali mutaxassislar quyidagi shaxslarga nisbatan qo‘llaniladi: 1. xalqaro miqyosda e’tirof etilgan reyting tashkilotlari tomonidan tuziladigan reytinglarda birinchi 1 000 talik ichida o’rin olgan oliy ta’lim muassasalarini tamomlagan shaxslar, ushbu ro‘yxat O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi va Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining qo‘shma qarori bilan tasdiqlanadi; Shuningdek, yuqori malakali mutaxassislar quyidagi imtiyozlarga ega: a) O‘zbekiston Respublikasi hududida o‘rindoshlik asosida ishlash uchun alohida ruxsatnoma (litsenziya) olmasdan mehnat faoliyatini amalga oshirish huquqiga ega; b) yuqori malakali va malakali mutaxassislarga ko‘p martalik ishchi vizasi mehnat shartnomasi yoki fuqarolik-huquqiy shartnomasining amal qilish muddati davomida, biroq 3 yildan ortiq bo‘lmagan muddatga beriladi; c) yuqori malakali va malakali mutaxassislarga berilgan ishchi vizalarning amal qilish muddati ularning O‘zbekiston Respublikasi hududidan chiqib ketishini talab qilmasdan, mehnat shartnomasi yoki fuqarolik-huquqiy shartnomasining amal qilish muddati davomida, biroq har bir holatda 3 yildan ortiq bo‘lmagan muddatga uzaytiriladi; d) mehnat shartnomasi yoki fuqarolik-huquqiy shartnomasining amal qilish muddati davomida, yuqori malakali mutaxassislar va ularning oila a’zolariga istaklariga ko‘ra yashash guvohnomasi rasmiylashtiriladi; e) ish beruvchi bilan tuzilgan shartnoma muddatidan oldin bekor qilinganda, yuqori malakali va malakali mutaxassislar 30 ish kuni davomida yangi ish beruvchini izlashga haqlidirlar va bu davrda ularga ilgari berilgan ruxsatnomalar, vizalar va yashash guvohnomalarining amal qilinishi saqlanib qoladi; f) yuqori malakali va malakali xorijiy mutaxassislar uchun berilgan ruxsatnomalarning (litsenziyalar) amal qilish muddati ariza beruvchining istagiga ko‘ra u berilgan kundan boshlab 3 yilgacha qilib belgilanadi hamda ularni cheklanmagan miqdorda, biroq har bir holatda 3 yildan ortiq bo‘lmagan muddatga uzaytirish imkoniyati mavjud.
** Malakali mutaxassislarga quyidagi shaxslar kiritiladi: 1. oliy ma’lumotga ega shaxslar; Shuningdek, malakali mutaxassislar quyidagi imtiyozlarga ega: а) O‘zbekiston Respublikasi hududida o‘rindoshlik asosida ishlash uchun alohida ruxsatnoma (litsenziya) olmasdan mehnat faoliyatini amalga oshirish huquqiga ega; b) yuqori malakali va malakali mutaxassislarga ko‘p martalik ishchi vizasi mehnat shartnomasi yoki fuqarolik-huquqiy shartnomasining amal qilish muddati davomida, biroq 3 yildan ortiq bo‘lmagan muddatga beriladi; c) yuqori malakali va malakali mutaxassislarga berilgan ishchi vizalarning amal qilish muddati ularning O‘zbekiston Respublikasi hududidan chiqib ketishini talab qilmasdan, mehnat shartnomasi yoki fuqarolik-huquqiy shartnomasining amal qilish muddati davomida, biroq har bir holatda 3 yildan ortiq bo‘lmagan muddatga uzaytiriladi; d) ish beruvchi bilan tuzilgan shartnoma muddatidan oldin bekor qilinganda, yuqori malakali va malakali mutaxassislar 30 ish kuni davomida yangi ish beruvchini izlashga haqlidirlar va bu davrda ularga ilgari berilgan ruxsatnomalar, vizalar va yashash guvohnomalarining amal qilinishi saqlanib qoladi; e) yuqori malakali va malakali xorijiy mutaxassislar uchun berilgan ruxsatnomalarning (litsenziyalar) amal qilish muddati ariza beruvchining istagiga ko‘ra u berilgan kundan boshlab 3 yilgacha qilib belgilanadi hamda ularni cheklanmagan miqdorda, biroq har bir holatda 3 yildan ortiq bo‘lmagan muddatga uzaytirish imkoniyati mavjud. Xorijiy mutaxassislar uchun ruxsatnomani (litsenziya) rasmiylashtirish uchun 1. xorijiy mutaxassis pasportining skanerlangan nusxasi (shu jumladan O‘zbekiston Respublikasi uchun vizali tartib amal qiladigan davlat fuqarolari uchun kirish vizasi ***, shuningdek O‘zbekiston Respublikasiga kirish/chiqish muhrlari tushirilgan sahifalar); *** vizali tartib belgilangan xorijiy davlatlar fuqarolarida viza mavjud bo‘lgan hollarda pasportning viza qo‘yilgan sahifasining skanerlangan nusxasi taqdim etiladi. Bunda faqat quyidagi turdagi kirish vizalari mavjud bo‘lgan hujjatlar qabul qilinishiga yo’l qo’yiladi: ishchi viza “E”, xizmat safariga oid “B-1” va “B-2” vizalari, xizmat vizasi “S-3”, shuningdek vatandoshlar uchun ko‘zda tutilgan boshqa turdagi vizalar.
Shuningdek qarang: |